Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasini 5 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan Rafiqjon Jalilov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. May oyidan buyon poytaxt yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini Muhammad Odilov bajarib kelayotgan edi.
Prezidentning Toshkent viloyatida o‘tkazgan yig‘ilishida Namangan shahri va 15 ta tuman hokimining 16 nafar birinchi o‘rinbosari ham lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Bunga ushbu hududlarda qashshoqlik darajasi yuqoriligi sabab qilib ko‘rsatildi.
Prezident videoselektor yig‘ilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, transport vaziri o‘rinbosari, “Suvta’minot” rahbari Sohib Saifnazarov, “Temir yo‘l” rahbari Husnutdin Xosilov va “Avtoyo‘l” rahbari Abdurahmon Abduvaliyevni lavozimidan ozod etdi.
Abdurashid Jo‘raboyev rahbarlik qilayotgan bosh vazir kotibiyatiga sobiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov o‘rinbosar bo‘ldi. 2021 yil noyabrda u Telegram va boshqa internet tarmoqlarining O‘zbekistondagi faoliyati cheklangani ortidan lavozimidan ozod etilgandi.
Poytaxt ko‘chalarini yoritishga mas’ul bo‘lgan «Toshshaharnur» DUK rahbari ishdan olindi. O‘rniga yangi rahbar tayinlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov ishdan bo‘shatildi. U mazkur lavozimga 2020 yilning martida tayinlangan edi.
Odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun JIB Namangan shahar sudining raisi Baxtiyor Tavakkalov hamda Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Kamoliddin Xolmuxamedov muddatidan avval ishdan bo‘shatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting